Dzyudo: Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ikkinchi kunida kumush va bronza medali qoʻlga kiritildi
Foto: Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")
Bugun erkaklar -73 kg va -81 kg, ayollar esa -63 kg hamda -70 kg vazn toifalarida medallar hamda Tokio Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi.
Bugungi bellashuvlarda qayd etilgan natijalarimizda kechagi kungiga nisbatan ijobiy oʻzgarish kuzatildi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. -81 kg vaznda yurtdoshimiz Sharofiddin Boltaboyev finalga qadar yetib keldi va yakunda kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, ayollar oʻrtasida -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qoʻshib qoʻydi.
Qoraqalpogʻistonlik dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev hal qiluvchi final bellashuvida italiyalik Kristian Parlatiga qarshi tatamiga chiqib, raqibiga imkoniyatni boy berdi. Natijada Boltaboyev kumush medal bilan birga qimmatli 700 reyting ochkosini ham qoʻlga kiritdi.
Gulnoza Matniyazova esa sloveniyalik Anka Pogachnikka qarshi kechgan bahsni atigi 16 soniya ichida oʻz foydasiga hal qildi. U raqibasini ippon bahosi bilan magʻlubiyatga uchratdi va bronza medali bilan birga qimmatli 500 reyting ochkosini qoʻlga kiritdi.
-73 kg vazn toifasida bronza medali uchun kurashgan Obidxon Nomonov esa ozarbayjonlik nomdor sportchi Rustam Orujovga imkoniyatni boy berdi. Shunday boʻlsada Nomonov qimmatli boʻlgan 360 reyting ochkosini ishlab oldi.
Quyida bugungi bahslarning barcha gʻolib va sovrindorlari bilan tanishing:
-73 kg. Erkaklar.
1. Tsogtbaatar Tsend-Ochir (Moʻgʻuliston);
2. Jansay Smagulov (Qozogʻiston);
3. Rustam Orujov (Ozarbayjon);
3. Ferdinand Karapetyan (Armaniston).
-81 kg. Erkaklar.
1. Kristian Parlati (Italiya);
2. Sharofiddin Boltaboyev (Oʻzbekiston);
3. Takanori Nagase (Yaponiya);
3. Sami Shushi (Belgiya).
-63 kg. Ayollar.
1. Miku Tashiro (Yaponiya);
2. Andrea Leski (Sloveniya);
3. Enrikelis Barrios (Venesuela);
3. Emi Livesey (Buyuk Britaniya).
-70 kg. Ayollar.
1. Chizuru Arai (Yaponiya);
2. Barbora Matich (Xorvatiya);
3. Elvismar Rodriges (Venesuela);
3. Gulnoza Matniyazova (Oʻzbekiston).
Toshkent “Katta Dubulgʻa” xalqaro turniri bahslari ertaga yakunlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring