Dzyudo: “Barkamol avlod — 2021” sport musobaqasining ilk final bosqichi yakunlandi
“Barkamol avlod — 2021” sport musobaqalari respublika final bosqichining dzyudo boʻyicha ilk musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.
Nukus shahri mezbonlik qilgan musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining 250 nafardan ortiq oʻquvchi-yoshlari ishtirok etishdi.
Katta sport bayramiga aylanib ketgan musobaqalarda sportchi-yoshlar 18 vazn toifasida chempion nomiga erishish uchun kurashdi.
Musobaqa yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida qoraqalpogʻistonlik yoshlar birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. 2-oʻrin bilan xorazmlik yoshlar taqdirlangan boʻlsa, 3-oʻrin samarqandliklarga nasib etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring