Dunyo shaxmat yulduzlari Toshkentga kelmoqda
Foto: UzChess Cup
Shu yilning 5-15-iyun kunlari dunyoning kuchli shaxmatchilari Toshkentda jam boʻladi. Gap shundaki, ayni shu kunlar mamlakatimiz mukofot jamgʻarmasi 166 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi «UzChess Cup» xalqaro turniriga mezbonlik qiladi.
Ushbu nufuzli musobaqa 3 guruhda oʻtkaziladi. Yaʼni «Masters» guruhida reytingi 2700 va undan yuqori, «Challengers» guruhida reytingi 2600 va undan yuqori, «Futures» guruhida reytingi 2500 va undan yuqori shaxmatchilar sovrinli oʻrinlar uchun bellashadi.
Turnir tashkiliy qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, «Masters» guruhida Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev (Oʻzbekiston), Vidit Santosh Gujrati (Hindiston), Parham Maghsoodloo (Eron), Shaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Aleksandr Griщuk (Rossiya), Yuy Yanʼi (Xitoy), Richard Rapport (Ruminiya) va Aleksey Sarana (Serbiya) gʻoliblik uchun kurash olib boradi.
«Challengers» guruhida Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov (Oʻzbekiston), Aleksandr Predke, Aleksandr Indjik (Serbiya), Maksim Matlakov (Rossiya), Mustafa Yilmaz (Turkiya), Aleksandr Donchenko (Germaniya), Aydin Suleymanli (Ozarbayjon), Abxidjit Gupta (Hindiston), Yevgeniy Romanov (Norvegiya) oʻz imkoniyatini sinab koʻradi.
«Futures» guruhida esa Muhiddin Madaminov, Saidakbar Saydaliyev, Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Begmurodov (Oʻzbekiston), Bardiya Daneshvar (Eron), Vitaliy Bernadskiy (Ukarina), Vugar Rasulov (Ozarbayjon), Sergey Tiviakov (Niderlandiya), Vitaliy Sivuk (Shvetsiya) va Mixail Nikitenko (Belarus) oʻzaro bellashadi.
Har bir oʻyin boshida shaxmatchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan oʻyin oxirigacha esa qoʻshimcha 30 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 sekund vaqt qoʻshib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring