Dunyo gimnastikachilari — Toshkentda
Poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarining uchinchi bosqichiga start berildi.
Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston, AQSH, Avstraliya, Avstriya, Armaniston, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Meksika, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Ozarbayjon, Polsha Singapur, Turkiya, Filippin, Yaponiya kabi davlatlardan kelgan yuzdan ziyod gimnastikachilar raqobatlashmoqda.
Dasturga ko‘ra, kecha ushbu bellashuvning saralash bosqichi va tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Bugundan sportchilar medallar uchun kurashni boshlashadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilgi jahon kubogi musobaqalarining ilk bosqichi shu oyning boshida Bolgariyada o‘tkazilgan bo‘lib, unda hamyurtimiz Taxmina Ikromova bulavada kumush, ko‘pkurash va to‘p bilan chiqishda bronza medallarini qo‘lga kiritgandi.
Jahon kubogining ikkinchi bosqichi 16 — 19-aprel kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring