Dubayda oʻzbek milliy kurashining xalqaro nufuzini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi

19:43 07 Avgust 2023 Dunyo
1059 0

Joriy yil 4-7-avgust kunlari Dubay shahrida (BAA) oʻzbek milliy sport turlariga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.

Tadbir mamlakatimizning Dubaydagi Bosh konsulligi tomonidan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va Kurash xalqaro instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda Oʻzbekiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Iroq, Tunis, Suriya, Livan, Hindiston, Quvayt kabi davlatlardan ekspert va hakamlardan iborat delegatlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar hakamlik, oʻzbek milliy kurashini rivojlantirish va xalqaro  nufuzini oshirish va  boshqa dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Oʻzbekistonning Dubaydagi Bosh konsuli Alisher Salomov seminardagi nutqida bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq davlatida milliy kurash federatsiyalari tashkil etilgani jahon hamjamiyatidan oʻzbek milliy kurashiga boʻlgan qiziqish yuqori ekanligidan  dalolat berishini taʼkidladi.

Seminar ishtirokchilari birgalikdagi  saʼy-harakatlar bilan oʻzbek kurashi yaqin kelajakda Olimpiya sport turlari dasturidan oʻrin olishiga ishonch bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер