Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan — “Wall Street Journal”

Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Donald Trampning tashqi siyosat strategiyasi uchta buyuk davlat: AQSH, Rossiya va Xitoyning kuchlar muvozanatiga asoslangan yangi dunyo tartibini shakllantirishga olib keladi. Ushbu fikrlarni “Wall Street Journal” sharhlovchisi Jerar Beyker ushbu nashrda chop etilgan maqolasida aytib oʻtdi.
Muallifning qayd etishicha, AQSH global yetakchilik yukini juda uzoq vaqt davomida oʻz zimmasiga olganini va Amerikaning milliy manfaatlarini yanada torroq belgilash vaqti kelganini tan olmoqda.
Beykerga koʻra, global rivojlanishdagi yangi tendensiyalar Tramp, ehtimol, global strategiyaga buyuk davlat yondashuviga qaytishi mumkinligi haqidagi taassurot qoldiradi va diplomatlar allaqachon xalqaro munosabatlarning yangi Yalta tizimi haqida gapirmoqda.
“Trampning AQSH hududini Grenlandiya, Panama, Gʻazo va ehtimol Kanadani qamrab olishi uchun kengaytirish istagi, tashqi siyosatni iqtisodiy resurslardan foydalanish bilan bogʻlash istagi, uning Vladimir Putinning Yevropa ambitsiyalari bilan hamfikrligi va Xitoy rahbari Si Szinpinga oʻxshash hurmat izhori – bularning barchasi yangi “Katta uchlik” atrofida aylanadigan qatʼiy tashqi siyosat realizmidan dalolat beradi”, — deyiladi nashr saytida chop etilgan maqolada.
Maqola muallifiga koʻra, kuchlarning yangi muvozanati davlat chegaralariga nisbatan moslashuvchan yondashuvga, yadroviy qurollarning tarqalishiga, geosiyosiy va iqtisodiy kuchlarning qayta guruhlanishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring