Donalab sigaret sotish mumkin emas

“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida»gi Qonun (OʻRQ–844-son, 24.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan bogʻliq munosabatlar, shuningdek, sohaga masʼul organlarning vakolatlari belgilandi.
Qonunga koʻra, alkogol va tamaki mahsulotlarini quyidagi holatlarda realizatsiya qilish (sotish, sotib olish va h.k.) taqiqlanadi:
— 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga va ular tomonidan;
— sotuvchining bevosita ishtirokisiz, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish tokchalaridan, elektron tijorat shaklida;
— sayyor savdo qilish yoʻli bilan, koʻchmas savdo obyektlaridan tashqarida, dorixonalarda;
— bolalarga moʻljallangan tovarlar sotiladigan xonalarda;
— bolalar oʻyinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun moʻljallangan boshqa tovarlarga oʻxshatib ishlangan boʻlsa;
— sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat, sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
— taʼlim, sport va diniy tashkilotlardan 100 metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida;
— yaroqlilik muddati oʻtganda, mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
— donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan), isteʼmol oʻrovida (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan.
Alkogol mahsulotlarini ish joylarida, koʻchalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, bogʻlarda, barcha turdagi jamoat transportida va boshqa jamoat joylarida isteʼmol qilish taqiqlanadi.
Chilim chekish uchun maxsus ajratilgan joylar faqat chilim berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan, ventilyatsiya tizimlari bilan jihozlangan alohida ajratilgan binolar, inshootlar va obyektlarda tashkil etilishi mumkin.
Alkogol mahsulotlarining isteʼmol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring