DXX oʻqishga kiritish va sertifikat olib berishni vaʼda qilgan firibgarlarni ushladi

12:00 08 Avgust 2024 Jamiyat
258 0

Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona, Qoraqalpogʻiston va Surxondaryoda bir qator qonun buzilish holatlarini aniqladi. Firibgarlar abituriyentlarni oʻqishga kiritib qoʻyish va chet tilini bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni olib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollaridan 6,6 ming AQSH dollarigacha mablagʻ talab qilgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qoʻshtepa tumanidagi maktab oʻqituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirgʻiz davlat universitetining Qadamjoy filialiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6,6 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oʻqituvchisi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni Urganch davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 ming AQSH dollarini talab qiladi va olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻistondagi tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador boʻlgan uning sherigi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi, ham dalillar bilan ushlangan.

Chet tilini bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni olib berish vaʼdasini bergan shaxs Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahrida yashovchi, 1989-y.t. shaxs oʻzining hamshahariga ingliz tili boʻyicha “S 1” darajadagi til bilish sertifikatini olib berish evaziga 2,4 ming AQSH dollari va 1.250.000 soʻm olgan vaqtida ushlangan.

“Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Hududiy elektr tarmoqlari” “HET BILLING” dasturiy kompleksini toʻliq ishga tushirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер