Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi — “Oʻzbekneftgaz”
Joriy yil 12-fevral kuni Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida “Oʻzbekneftgaz” AJga birja savdolariga qoʻyilayotgan dizel yonilgʻisi narxini 15 foizga pasaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan edi.
Jamiyat tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Buxoro zavodida sintetik dizel yonilgʻisi komponentini kompaundlash orqali ishlab chiqarilgan dizel yonilgʻisining narxlari EKO dizel yonilgʻisi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlashtirildi.
19-fevraldan “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilgʻisi bir tonnasi 11 608 190 soʻmdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring