Diqqat: Endi energiyani isrof qilganlar ham jarima toʻlaydi
Oʻzbekistonda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi yangi qonun kuchga kirdi. Ushbu qonunga muvofiq, “Oʻzenergoinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari energiya sifatining normativ hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Qonunga kiritilgan yangi qoidalar boʻyicha energiya isteʼmolchilari uchun qator jarimalar belgilangan.
Maʼlum boʻlishicha, tabiiy gazni tegishli ruxsatnomalarsiz ishlatganlik uchun jarima 10 foiz miqdorida qoʻllaniladi. Shu bilan birga, talablarga mos kelmagan neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni sotganlik uchun 50 foiz miqdorida jarima mavjud boʻladi. Bu chora-tadbirlar davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan boʻlsa-da, aholi va kichik tadbirkorlar uchun iqtisodiy qiyinchiliklarni yanada oshirishi mumkin.
Elektr energiyasi va boshqa resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan bu jarimalar energiyani tejashni ragʻbatlantiradi. Rivojlangan davlatlarda energiya samaradorligini oshirish uchun subsidiya va imtiyozlar beriladi, bu esa aholiga qoʻshimcha yordam sifatida xizmat qiladi.
Yangi qonun qattiq choralarga asoslangan boʻlib, bu yondashuv kam daromadli isteʼmolchilar uchun noqulaylik keltirishi mumkin. Qonun aholini energiyani tejashga undash oʻrniga, ularga qoʻshimcha moliyaviy yuk yuklayotgani sababli, bu siyosat keng jamoatchilik orasida tanqidlarga uchrashi ehtimoldan holi emas.
Xalqaro amaliyot shuni koʻrsatadiki, energiya samaradorligini oshirish boʻyicha muvaffaqiyatli islohotlar aholi uchun ijobiy stimullar bilan qoʻllab-quvvatlanadi. Bu qonun aholi va tadbirkorlarni energiya resurslarini samarali ishlatishga undash oʻrniga, jarimalar orqali ularni cheklaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring