Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi belgilandi
Foto: Illustrativ surat
Hukumat qarori bilan 2022-yilning 10-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya oʻquv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi:
— Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi;
— Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;
— Bosh konsul, konsul;
Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi.
Oʻquv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarini takomillashtirish hisoblanadi.
— Oʻquv kurslari anʼanaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.
— Oʻquv kurslari tinglovchilari oʻqishni tugatgandan soʻng yakuniy imtihon topshiradi.
— Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Maʼlumot uchun, mazkur Diplomatik akademiya Prezidentning 2022-yil 23-iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring