“Dinamo”dan gʻalaba, OKMKdan magʻlubiyat

15:29 07 Mart 2026 Sport
851 0

Kecha, 6-mart kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining 2-tur oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda “Dinamo” jamoasi Toshkentda “Bunyodkor” mehmoni boʻldi. Uchrashuv 1:2 hisobida Samarqand klubining gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblar safidan Azizbek Amonov va Firdavs Abdurahmonov mualliflik qildi. “Bunyodkor”ning javob goli esa Samandar Mavlonqulov hisobiga yozildi.

Oʻz maydonida taʼmirlash ishlari olib borilayotgani sabab Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” jamoasi oʻz mezbonligida oʻtishi kerak boʻlgan “Nasaf” klubiga qarshi oʻyinni Samarqand viloyatida oʻtkazdi. Oʻyin nominal mehmonlarning 0:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Oybek Rustamov va Sharof Muhiddinov mualliflik qildi.

Soʻnggi bahsda esa “Xorazm” jamoasi oʻz maydonida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Diyor Ortiqboyev mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер