Deputatlar masʼullardan masʼuliyat talab qilishdi
Foto: Халқ сўзи
Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturining birinchi chorakdagi ijrosi koʻrib chiqildi. Jumladan, viloyatda erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar, xotin-qizlar muammolari bilan bogʻliq holatlarni bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash, viloyat mahalliy byudjetining ijrosi va qoʻshimcha manbalardan maqsadli foydalanish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Eʼtiborlisi, bu gal deputatlar faollik koʻrsatib, maʼruzachilarning shunchaki rasmiyatchilik uchun tayyorlab kelgan hisobotlari boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirdilar. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari Enaxon Siddiqova, Sherzod Karimov, Rasuljon Mirzaahmedov Fargʻona viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Gulchehra Joʻrayeva hisobotidan qoniqmadilar. Hisobot juda sayoz tayyorlangani, unda tahlil yoʻqligi taʼkidlandi. Hisobotni qayta koʻrib chiqish va kelgusi sessiyalarning birida olti oylik yakuni bilan muhokamaga qoʻyilishi haqidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Viloyatdagi kriminogen vaziyat va jinoyatchilikni kamaytirish masalasidagi maʼruza ham bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Bir qator deputatlar va Yoshlar parlamenti aʼzosi Sarvinoz Saksonova Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari Fayzullo Ortiqboyevga maʼruza yuzasidan keskin savollar berdilar. Qonun ustuvorligini taʼminlashda jamoat tashkilotlari bilan ichki ishlar idoralari oʻrtasidagi hamkorlik mustahkam emasligi, profilaktika inspektorlari faoliyatida kamchiliklar uchrab turishi ochiq eʼtirof etildi.

Deputatlar Fargʻona viloyati moliya bosh boshqarmasi boshligʻi Zafarjon Roʻzaliyevning mahalliy byudjetning 2022-yil birinchi choragidagi ijrosi haqida maʼruzasi boʻyicha ham oʻz takliflarini ilgari surib, hisobotni kamida ikki-uch kun oldin taqdim etish hamda har bir yoʻnalishda ijro samaradorligini jiddiy oʻrganib chiqish zarurligini aytib oʻtishdi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring