Denovda 15 yoshli qiz turmushga berilgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yoshli qiz turmushga berilgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, agentlik tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida ushbu holat Denov tumanidagi “Ozod” mahallasida yashovchi fuqaro A.R bilan bogʻliq ekani aniqlangan.
Bildirilishicha, 2025-yil iyul oyida qizni turmushga berish harakati boʻyicha mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan hamkorlikda tekshiruv oʻtkazilib, voyaga yetmagan shaxsni turmushga berish qonun hujjatlariga zid ekani taʼkidlangan va oilaga ogohlantirish berilgan.
Shunga qaramay, 2025-yil 10-avgust kuni nikoh marosimi oʻtkazilgani maʼlum boʻlgan. mazkur holat boʻyicha mahalliy profilaktika inspektori tomonidan qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanib, aybdorlarga jarima belgilangan.
Hozirda fuqaro A.R Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan boʻlib, uning huquqlari va taʼlim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring