Denov tumanida “Ishonch” ijtimoiy va maishiy xizmatlar markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

11:45 11 Fevral 2026 Jamiyat
303 0

Xizmatlar sohasini rivojlantirish aholi bandligini taʼminlash, mehnat unumdorligini oshirish va kundalik hayot sifatini yaxshilashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Denov tumanida zamonaviy yondashuv asosida tashkil etilgan “Ishonch” ijtimoiy va maishiy xizmatlar markazi oʻz faoliyatini boshladi.

Mazkur innovatsion loyiha doirasida aholiga turli xizmatlar yagona markaz orqali koʻrsatilmoqda. Jumladan, kunlik mehnatga ishchi jalb etish, elektrchi, santexnik, payvandchi, pardoz ustasi xizmatlari, ofis va xonadonlarni tozalash, barcha turdagi uy xoʻjaligi ishlari, toʻy va marosimlar uchun tozalovchi xodimlar ajratish, dezinfeksiya va sanitariya xizmatlari, shuningdek, turar-joylarni toʻliq taʼmirlash xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.

Markazning asosiy qulayliklaridan biri — buyurtmalar “1419” qisqa raqamli call-markaz orqali qabul qilinishidir. Murojaat mazmuniga qarab, tegishli mutaxassislar qisqa vaqt ichida manzilga yoʻnaltiriladi. Bu esa mijoz va ijrochi oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlab, xizmatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga zamin yaratadi.

Eʼtiborlisi, “1419” qisqa raqami viloyatning barcha hududlarida faoliyat koʻrsatib, aholiga arzon, sifatli va kafolatlangan xizmatlar taqdim etmoqda. Yangi markaz aholi ehtiyojlariga tezkor javob berish, norasmiy bandlikni qisqartirish va xizmatlar bozorini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер