Davlatning “oltin aksiya” huquqi bekor qilindi
“Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–760-son, 29.03.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Fuqarolik kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra unitar korxonada kuzatuv kengashi tashkil etilishi va kengash korxonaning boshqaruv organi boʻlishi mumkinligi belgilandi.
Davlatning ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beruvchi “oltin aksiya”ga oid normalar qonunchilikdan chiqarib tashlandi.
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aʼzolarining vakolati 1 yildan 3 yilga uzaytirildi.
Yuridik shaxslarning ustav fondida kamida 5 foiz ulushga ega boʻlgan ishtirokchilar va aksiyadorlar auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari boʻlishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 10 foiz edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring