Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizda ilk bor Oʻzbekistonga huquqiy davlat degan taʼrif berilganiga eʼtibor qaratdi
Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamizda ilk bor Oʻzbekistonga huquqiy davlat degan taʼrif berilganiga eʼtibor qaratdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Konstitutsiyada inson huquqlari kafolatlariga oid normalar ham 3 barobar koʻpaytirildi.
Bu – avvalambor barcha sohada qonun ustuvorligi taʼminlanadi, degani. Bundan buyon, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal boʻladi.
"Eng muhimi, “Qonun – muqaddas, har qanday holatda ham adolatni qaror toptirish shart!” degan qarash
jamiyatning har bir aʼzosi, ayniqsa, mansabdorlar uchun hayot qoidasiga aylanishi kerak.
Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish uchun sudlarning odil va mustaqil ish yuritishini, albatta amalda taʼminlashimiz zarur", - dedi Prezident.
Shu maqsadda, Asosiy qonunda hech kim sud qarorisiz 48 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi; erkinlikni cheklashga faqat sud qarori asosida yoʻl qoʻyilishi haqidagi qoida mustahkamlandi; ayblanuvchiga oʻziga qarshi koʻrsatma bermaslik, yaʼni “sukut saqlash” huquqi birinchi marta alohida belgilab qoʻyildi; advokatlar maqomi oshirilib, ular tergovchi va prokuror bilan teng vakolatga ega boʻldi.
Asosiy qonunga kiritilgan bu ilgʻor yangiliklarni amalda joriy etish oson boʻlmaydi, koʻp jamiyatlar bunday oʻzgarishlarni faqat orzu qiladi.
Buning uchun sud-huquq idoralarining kadrlar salohiyatini yaxshilash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash zarur. Eng muhimi, tergovchi, prokuror, sudya, advokatlarning bilim va malakasi, maʼnaviy dunyosini yuksaltirish bilan birga aholining ham huquqiy madaniyatini oshirish, hammamizning dunyoqarashimizni oʻzgartirish talab etiladi.
“Qanday ogʻir boʻlmasin, bu ishlarni amalga oshirishni zamonning oʻzi taqozo etmoqda”, - dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring