Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollar oʻrni qanday?
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida Oʻzbekiston yetakchi ayollari va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori
Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar masʼul xodimlari, shuningdek, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, BMT vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi T. Norboyeva hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ijrochi direktori G. Vali tabrik soʻzi bilan ochdi.
Senat Raisi Oʻzbekistonda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy hayotidagi rolini kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida toʻxtalib, davlatimiz opa-singillarimizni kamsitishning har qanday shaklidan huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy himoya qilishni nazarda tutuvchi barcha asosiy xalqaro hujjatlarga qoʻshilganini hamda Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilinganini alohida taʼkidladi. Shu saʼy-harakatlar pirovardida davlat va jamiyat boshqaruvida ayollar oʻrni yuksalishida muhim omil boʻlmoqda.
G. Vali Oʻzbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Oʻz navbatida, u BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining 2021 – 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasiga hamda Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlar huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish strategiyasiga muvofiq, oʻz tashkiloti tomonidan aʼzo davlatlarga koʻrsatilayotgan normativ, texnik va tahliliy koʻmak ham xotin-qizlar manfaatlariga qaratilganligiga urgʻu berdi.
Davra suhbatida BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablari bajarilishini targʻib qilishda, ayollar huquqlarini kengaytirishda parlamentning oʻrni, ularni himoya qilish, huquq va imkoniyatlarini yaxshilash, xavfsizligini taʼminlash, sogʻligʻini saqlash va iqtisodiy holatini oʻzgartirish boʻyicha samarali strategiyalar, gender jihatlari boʻyicha yondashuvlar va yechimlar ishlab chiqish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, gender tenglik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlar, bu borada Oʻzbekistonning barcha hokimiyat tuzilmalaridagi yetakchi ayollarga koʻmaklashish yuzasidan ham fikr almashildi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar amaldagi hamkorlik dasturlari hamda narkotik moddalar, jinoyatchilik, terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashish muammolarini hal qilishga jalb etilgan davlat organlarida xotin-qizlarni koʻpaytirish boʻyicha Oʻzbekistonning yangi strategiyasiga gender masalalar kiritilganligiga alohida eʼtibor qaratdi.
Yakunda gender tenglikni taʼminlash hamda xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha umumiy maqsadlarga erishish bilan bogʻliq hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring