Davlat xizmatlari koʻrsatilishida toʻlovlar boʻyicha imtiyozga ega shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash tizimi joriy etiladi
“Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrgacha:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “TMEK” axborot tizimlari YAIDXP bilan integratsiya qilinadi;
davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishida toʻlovlar boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va toʻlov miqdorini avtomatik tarzda belgilash tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi huzuridagi Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi negizida Davlat xizmatlarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
Farmonga koʻra, 2022-yil 1-yanvargacha “avtomobil tarixi” maʼlumotlarini (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yoʻl transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) avtomototransportlarga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi orqali shartnomaviy asosda davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali aniqlash davlat xizmati yoʻlga qoʻyiladi.
2021-yil 1-dekabrgacha kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga bogʻlanishi taʼminlanadi hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring