Davlat xizmatchilari uchun maxsus oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda

Davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan har bir xodimning islohotlardan xabardorligi, siyosiy-huquqiy bilimining yuqoriligi, dunyoqarashining kengligi muhim hisoblanadi.
Haftaning har juma kuni, 9:00da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining youtube kanali hamda ilm.argos.uz malaka oshirish platformasi orqali taqdim etilayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” shu maqsadda oʻtkazilmoqda. Mazkur oʻquv soati vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va xodimlari uchun moʻljallangan.
Oʻquv soatlarida maʼruzachilar tomonidan mamlakatimizda hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishdagi ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash masalalari, aholi bilan muloqot qilish, ularning bandligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, yoshlarga oid ijtimoiy muammolarni samarali hal etish, davlat xizmati samaradorligini oshirish, mamlakatimiz va jahonda sodir boʻlayotgan muhim voqealar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.
Bugun ham ish kuni avvalida boshlangan oʻquvda hafta davomida qabul qilingan dolzarb normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, yosh saylovchilarni siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishini taʼminlash, Markaziy Osiyo va Koʻrfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi uchrashuvlari, shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining elektron xizmatlari haqida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring