Davlat ishtirokidagi ayrim korxonalarning operatsion samaradorligi oshiriladi
“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–83-son, 01.03.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023–2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar (31 ta) roʻyxati tasdiqlandi.
Mazkur korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) “UzAssets” investitsiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi.
“UzAssets” investitsiya kompaniyasiga, jumladan, quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:
— iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalarni isloh qilish, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;
— korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini taʼminlash hamda biznes-jarayonlarni optimallashtirish;
— boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini taʼminlash;
Qarorga koʻra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralarning oʻzlariga tegishli aksiya paketlari (ulushlari) Strategik islohotlar agentligiga oʻtkaziladi.
2023-yil 1-iyulgacha “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning biznes-rejalari qayta koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring