Davlat byudjetining soliq daromadlari kamaymagan — Davlat soliq qoʻmitasi

12:56 17 Aprel 2022 Iqtisodiyot
1171 0

Davlat byudjetining 2022-yil uchun soliq daromadlari kamaytirilganligi boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda turli munosabatlar bildirilmoqda. 

DSQ bu haqda quyidagilarni maʼlum qildi.

"Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaror bilan (3-ilova) Davlat byudjeti daromadlari prognozi 200 trln. soʻm miqdorida tasdiqlanib, uning tarkibida davlat soliq xizmati organlari maʼmurchiligiga masʼul soliq tushumlari 143,5 trln. soʻm miqdorida belgilangan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda toʻgʻri qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorida PQ-73-son qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat byudjeti jami daromadlari, jumladan, soliq turlari boʻyicha daromadlar miqdori ham oʻzgartirilmagan.

Oʻzgartirishlar 2022 — 2024-yil uchun belgilangan maqsadli indikatorlarga tegishli boʻlib, soliq organlari koʻrsatkichlari (151,6 trln. soʻm) ham tasdiqlangan soliq tushumlari daromadiga (143,5 trln. soʻmga) moslashtirilmoqda.

Shu oʻrinda qayd etish lozimki, soliq organlari tomonidan I chorakda byudjetga 34,5 trln. soʻm miqdorida soliq tushumlari (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 17 foiz oʻsgan) taʼminlanib, belgilangan prognoz koʻrsatkichlari 1,3 trln. soʻmga ortigʻi bilan bajarildi.

Iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar va soliq maʼmurchiligini raqamlashtirish natijalari bilan soliq bazasining kengaytirilishi hisobiga yillik soliq tushumlari daromadi toʻliq kafolatlanishini maʼlum qilamiz." deyiladi DSQ rasmiy munosabatida. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?