Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Adliya vazirligi tomonidan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu Roʻyxatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar)lar markaziy shifoxonalarida (jumladan, tugʻuruq majmualari) (tibbiyot muassasalari) koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari belgilandi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu hujjat qabul qilinishi natijasida fuqarolar Roʻyxatda nazarda tutilgan tibbiy yordamlarni davlat hisobidan olishga, bu esa Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan shaxslarning ijtimoiy huquqidan amalda foydalanishga olib keladi.
Xususan, roʻyxatda:
— tibbiyot muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (masalan, “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan shaxslarni ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari va boshqa kasalliklarni aniqlash yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek emlash, hayotga xavf soladigan holatlarda (asfiksiya, yurak toʻxtashi, anafilaktik shok va boshqalar) tibbiy yordam koʻrsatish, profilaktik koʻriklar va skrining tekshiruvlari);
— tibbiyot muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tashxislar (masalan, yurakning gipertenziv kasalligi, yurak surunkali ishemik kasalligi, oshqozon yara kasalligi, oʻn ikki barmoqli ichak yara kasalligi, jigar sirrozi);
— dori vositalari va tibbiy buyumlar (masalan, analeptiklar, balgʻam koʻchiruvchi vositalar, antidepressantlar, tibbiy bintlar, tibbiyot pipetkalari, qoʻlqoplar) nazarda tutilgan.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring