Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

12:20 13 May 2025 Jamiyat
177 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-may kuni qabul qilingan 78-son farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi.

Farmonga koʻra, akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlarida oʻqitish belgilandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.

2025-yil 1-iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning anʼanaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.

Bundan tashqari akademiyada qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

Hujjatga koʻra, 2025-yil 1-oktyabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.

2026-yil 1-yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash taʼlim dasturlari joriy etiladi.

2025/2026 oʻquv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

2026/2027 oʻquv yilidan:

  • “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi;
  • yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
  • magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari va modullar boʻyicha tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер