Davlat Bobonov Jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻldi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida oʻtkazilayotgan dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari oʻz yakuniga yetdi.
Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan oʻtkazilayotgan soʻnggi IJF musobaqasining bugungi bahslari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli keldi. Jumladan, -90 kg vazn toifasida medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqqan yurtdoshimiz Davlat Bobonov finalga qadar yetib bordi.
Oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi bellashuvda Bobonov asli gruziyalik, hozir Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Nikoloz Sherazadishvili bilan kuch sinashdi.
Tajriba bobida ustunroq boʻlgan ispaniyalik dzyudochi qoʻshimcha boʻlimdagi ochko evaziga bu safar ham gʻalaba qozondi. Davlat Bobonov esa jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi va ikki yil avval Sharofiddin Lutfullayev qayd etgan natijani takrorladi.
Eslatib oʻtamiz, bungacha Bobonov va Sherazadishvili ikki bora toʻqnash kelishgan va har ikki bahsda ham omad Nikolozga kulib boqqandi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston tarixida faqat birgina sportchi – uch karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori boʻlgan Rishod Sobirov dzyudo boʻyicha 2010 va 2011-yillarda oʻtkazilgan jahon chempionatlarida qatorasiga ikki bor oltin medalga sazovor boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring