Dastur ijrosi nega oʻz vaqtida bajarilmayapti?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitalarining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi.
Unda deputatlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining “Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitdilar.
Taʼkidlanganidek, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikada faoliyat koʻrsatayotgan 70,2 mingta sanoat korxonalari tomonidan 459,9 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi doirasida esa 58,5 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, reja koʻrsatkichi 145,0 foizga bajarilgan.
Eshituv davomida deputatlar hududiy investitsiya dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdilar. Dastur ijrosi nega oʻz vaqtida bajarilmayapti yoki kechikib ketmoqda? degan savollar bilan mutasaddilarga yuzlandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari B. Abidov ushbu savollar yuzasidan tushuntirishlar berar ekan, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida qiymati 3,2 mlrd dollarlik 7 622 ta loyihalar ishga tushirilganini qayd etdi. Buning natijasida esa 115,2 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Shuningdek, shahar va tumanlarda “mahallabay” ishlar tashkil etilishi hamda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish orqali qiymati 355,5 mln. AQSH dollarlik 980 ta qoʻshimcha (rezerv) loyihalar ishga tushirilib, 25,9 mingta ish oʻrinlari yaratilgan.
Muhokamalar chogʻida deputatlar sohadagi ishlarni eʼtirof etish bilan birga, Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan saʼy-harakatlar boʻyicha bir qator savollar berishdi.
Vazir oʻrinbosarining aytishicha, joriy yil Mahalliylashtirish dasturi loyihasiga kiritilgan 2 133 ta loyihalar doirasida umumiy qiymati 68,4 trln. soʻmlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish belgilangan. Bunda ushbu dastur toʻliq roʻyobga chiqarilishi natijasida 6,1 mlrd. AQSH dollarlik mahsulotlar importi qisqarishi va 1 320 ta turdagi talab yuqori boʻlgan mahsulotlar oʻzlashtirilishi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida ushbu Dastur doirasida 58,5 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, hisobot davri prognozi 145,0 foizga bajarilishi taʼminlangan.
Qoʻmita aʼzolari bu borada qilingan ishlarni ijobiy baholagan holda, Dasturda belgilangan umumiy reja koʻrsatkichlari bajarilgan boʻlsada, ayrim tarmoq va hududiy korxonalarda Dasturni bajarishda qoloqliklarga yoʻl qoʻyilganligini qayd etdilar. Jumladan, Dasturga kiritilgan 176 ta loyihada 5,0 mlrd. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilishi boshlanmagan.
Yigʻilishda deputatlar vazirlik tomonidan qilingan ishlarni eʼtirof etish bilan bir qatorda, ushbu sohada ayrim kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berdilar.
Yakunda kun tartibidagi masala yuzasidan qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring