Daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi — qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqishdi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan daraxt va butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yoʻq qilganlik yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish belgilanmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yoʻq qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan qurilish loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi oʻsimlik dunyosining yanada ishonchli muhofaza qilinishiga, yashil hududlarning kengayishiga, daraxtlarni noqonuniy kesish kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring