Daraxtlarni qasddan kesganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud

05:24 05 Aprel 2022 Jamiyat
1078 0

Foto: Illustrativ foto

Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

— bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan 200 baravarigacha (40 mln 500 ming soʻmdan 54 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;

— 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

— 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

— 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

— 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?