Dam olish kunlari uchun ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
“Oʻzgidromet” 1-2-noyabr, dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1-noyabrda kechasi va ertalab Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatida biroz yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. 2-noyabr kuni esa Oʻzbekiston boʻylab quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi.
Dam olish kunlari harorat 15-20 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
1-noyabr kuni kechasi biroz yomgʻir yogʻish ehtimoli bor. 2-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 1-noyabrda 16-18 daraja iliq, 2-noyabrda 18-20 daraja iliq boʻladi. Kechalari harorat 8-10 daraja atrofida salqin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring