Dam olish kunlari uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

17:29 27 Fevral 2026 Jamiyat
536 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 27-28-fevral va 1-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 27-28-fevral kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida shanba kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻishi mumkin.

1-mart, yakshanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yomgʻir yogʻadi, shimolda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Respublikaning koʻpchilik hududlarida havo harorati 10-15 daraja atrofida, 1-mart kuni baʼzi joylarda 17 darajagacha iliq, janubda 20-25 darajagacha iliq boʻladi. Harorat kechalari 1-6 daraja iliq boʻladi. Respublika shimolida asosan harorat kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq boʻladi.

Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat juma kuni kunduzi 12-14 daraja iliq, shanba kuni 10-12 daraja iliq, yakshanba kuni 14-16 daraja iliq boʻladi. Kechalari harorat 2-4 daraja iliq atrofida boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер