Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berildi

Bugun, 2-aprel kuni Oʻzbekistonga Gʻarbiy Sibirning janubiy hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi. Shuningdek, kunduzi antitsiklon sharqga qarab siljiydi va Eron hududidan iliq havo kirib kelishi boshlanadi Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ertaga, 3-aprel kuni iliq havoning kirib kelishi kuchayadi, kechasi harorat 0-5 darajani tashkil etadi, kunduzi harorat 19-22 darajagacha koʻtariladi, bu aprel oyi boshidagi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlaridan 2-3 daraja yuqoridir. Respublika boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlar boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Yakshanba kuni nam havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baʼzi joylarda shamol 17-22 m/sgacha kuchayadi. Havo harorati 8-13 darajani tashkil etadi, kunduzi 11-16 darajadan yuqori boʻlmaydi. Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun boʻlib oʻtadi.
Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysida kechasi va kunduzi 5-aprelda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 4-5-aprelda yomgʻir yogʻishi kuchli boʻladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin.
2-4-aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqori togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring