Dala chetidagi xazina
Boʻston tumanida dala chetlaridan unumli foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Vaholanki, uzoq yillar davomida eʼtibor qaratilmagan bunday hududlarning 1 kvadrat metridan oʻrtacha 9-10 ming soʻm foyda olsa boʻladi. Bu kam miqdordek tuyulishi mumkin, biroq umumiy maydon hisobidan kelib chiqsak, yaxshigina daromad ekaniga amin boʻlamiz.
— Dala chetidagi foydalanilmayotgan 1,5 gektar maydonga qovoq ekkandik, — deydi “Boʻz ipak yoʻli” fermer xoʻjaligi ishchisi Xusniya Odilova. — Natijasi chakki emas! Jami 40 tonna hosil yigʻib, 120 million soʻm daromad olishni rejalashtirmoqdamiz. Bundan tashqari, 2 km. yoʻl chetiga tok ekkandik, bu yil hosilga kirdi. Shuningdek, bodom, olcha, shaftoli kabi koʻchatlar ham ekkanmiz. Ular hosilga kirgach, daromadimiz yanada ortadi.
Umuman olganda, har bir qarich yerning qadrini biladigan boʻstonliklar 137 gektardan iborat dala chetlariga mevali daraxt koʻchatlari ekishdi. Shundan ertaki uzum navidan 22 tonna hosil yigʻildi. Xulosa qilish mumkinki, shu paytgacha eʼtiborimizdan chetda qolgan hududlar aslida katta daromad manbai ekan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring