COVID-19ʻga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi
Foto: Газета.uz
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 2021-22 oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.
Toʻlovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi. Bunda, toʻlovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka tavsiya etish boʻyicha oliy taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Qayd etilishicha, t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda toʻlov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirish mumkin.
Endilikda, 15-noyabrga qadar koronavirusga qarshi vaksina olgan talabalarga ham stipendiyasiz bazaviy toʻlov shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring