Oʻzbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni ham "COVID-19»ga qarshi emlashga ruxsat berildi

16:02 28 Sentyabr 2021 Jamiyat
508 0

Endilikda mamlakatimizda 12 yoshdan katta bolalar COVID-19ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berildi. 

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi. Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda oʻtkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini koʻrsatdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va oʻsmirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash imkoniyati mavjud.

Yurtimizda ham 12 yoshdan katta bolalar shifokor koʻrigidan oʻtgach, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanishlari mumkin. Eslatib oʻtamiz, shu yil 13-sentyabr kuni mamlakatimizga 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 19 969 345 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 4 283 645 nafarni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?