Coca-Cola kompaniyasidagi davlat ulushi 252 mln dollarga sotildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJ (Kompaniya) ustav kapitalidagi 57,118 % davlat ulushini “Coca-Cola İçyecek A.Ş.” (CCI) kompaniyalar guruhiga, unga toʻliqligicha qarashli boʻlgan “CCI International Holland B.V.” shoʻba korxonasi orqali 252,28 million AQSH dollariga sotish (Bitim) boʻyicha kelishuvga erishilganligini maʼlum qildi.
Bitim Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan maʼqullangan. Bitimni yakunlash jarayoni tartibga soluvchi organlar tomonidan beriladigan muayyan ruxsatlar olinishini talab qiladi.
Mazkur bitim xalqaro amaliyotda qabul qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi PF–6096-son Farmoniga asosan, ommaviy oshkora sotuv jarayoni shaklida tashkil etildi.
Davlat ulushining mazkur sotuv jarayoni “Rothschild & Co” Agentlikning moliyaviy maslahatchisi, Dentons esa yuridik maslahatchisi sifatidagi ishtirokida amalga oshirildi.
Coca-Cola kompaniyasi haqida:
“Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJ – Oʻzbekistonda gazlangan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya boʻlib, u Toshkent, Namangan va Urganch shaharlarida ishlab chiqarish zavodlariga, shuningdek omborxonalar tarmogʻiga ega. 2020-yil yakunlari boʻyicha Kompaniyaning sof foydasi 205 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Bitimning yakunlanishi bilan keng ommaga (jamoatchilikka) hamda ommaviy axborot vositalariga qoʻshimcha axborot va bayonot beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring