Chustdagi mis konida geologik qidiruv ishlari kuchaytirilmoqda
Namangan viloyatida yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ishlar tobora qizgʻin tus olmoqda. Ulardan biri Chust tumanida joylashgan “Alichelek” mis koni boʻlib, davlatimiz rahbarining 2024-yilda Namangan viloyatiga tashrifi davomida Xitoyning “China Mining (Shanxi) Energy Group Co. LTD” korporatsiyasi tomonidan bu yerda misni qazib olish va qayta ishlash loyihasi taqdimoti oʻtkazilgan edi. Shundan soʻng investorlar tomonidan amaliy ishga kirishilib, geologik qidiruvlar boshlab yuborilgan.
Dastlabki qidiruvlar yakuniga koʻra, hududda 50 ming tonnadan koʻproq qimmatbaho metall zaxirasi mavjudligi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar ayni paytda qazib olingan nodir tosh namunalarini chuqur oʻrganish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyaga yuborishyapti.
— Umumiy qiymati 200 mln. dollarlik ushbu loyiha doirasida misdan tashqari, geologik qidiruv ishlari natijasida istiqbolda kumush va oltin qazib olinishi xam maqsad qilingan, korxona toʻla quvvatda ishga tushganidan soʻng 400 ta doimiy mehnat oʻrni yaratiladi, — deydi Chust tumani hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari Ibratali Toʻxtasinov.
Kuni kecha Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov xitoylik investorlar bilan birgalikda Chust tumani “Qoraqoʻrgʻon” mahallasi hududidagi istiqbolli kon maydonida amalga oshirilayotgan loyihaning borishi bilan tanishdi. Ayni jarayonda tumanda sanoatni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyatga ega boʻlgan loyiha ijrosini jadallashtirish vazifalari kelishib olindi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring