Chust bogʻida nosoz attraksion daraxtga borib urildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanidagi attraksionda texnik nosozlik yuz bergani tasvirlangan videolar tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 30-iyul kuni Chust bogʻida sodir boʻlgan. Bogʻdagi attraksionlardan biri harakat davomida texnik nosozlik sabab daraxtga borib urilgan.
Buning oqibatida 3 kishi yengil tan jarohati olgan. Bir kishi oyoq son suyagi sinishi jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Hokimlik bemorlarga tez tibbiy yordam koʻrsatilib, oʻsha kunning oʻzida uylariga ruxsat berilgani haqida maʼlum qilgan. Shuningdek, bemorlarning hech biri shifoxonaning reanimatsiya boʻlimiga yotqizilmagani aytilgan.
“Holat yuzasidan tegishli tashkilot xodimlari oʻrganish olib borilmoqda”, deyiladi hokimlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring