Chiroqchi hokimi tandirni tepib, fuqaroga shapaloq tushirdi
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga qoʻl koʻtargani tasvirlangan videolar paydo boʻldi. Voqea hududdagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Mazkur holat tasvirlangan videoga izoh beruvchiga tuman hokimi avvaliga tandirni tepgan va soʻngra IIB xodimlari yonida turgan fuqaroga tarsaki tushirgani aytilgan. Voqeaning batafsil videosi mavjud emas va keyingi voqealar qanday davom etgani haqida boshqa maʼlumotlar mavjud emas.
Chiroqchi tumani hokimligi axborot xizmatiga koʻra, ayni paytda yigʻilish boʻlyapti va shundan soʻng hokim bilan muloqot qilinib, voqeaga aniqlik kiritib beriladi
Fayzulla Yusupov azaldan oʻzining fuqarolar bilan qoʻpol munosabatda boʻlishi bilan tanilgan. Xususan, viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimini bajarayotgan paytda xodimini “mol”, “eshak” deya haqoratlab, jamoatchilik eʼtiboriga tushgandi.
Fuqarolar bilan qoʻpol muomalada boʻlganligi oqibatida bir marta ogohlantirish ham olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring