Chirchiqda ayovsiz kaltaklangan erkak shifoxonada vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida fuqaro ayovsiz kaltaklanganidan soʻng, olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIBB matbuot kotibi Bobur Toʻlaganov mazkur voqea yuzasidan maʼlumot berdi.
Aniqlik kiritilishicha, joriy yilning 5-mart kuni Chirchiq shahrida 2 nafar fuqaro M.K. va D.X. oʻrtasida spirtli ichimlik oldi-sotdisi ustida oʻzaro janjallashib ketgan. Natijada D.X. M.K.ni urib, ogʻir tan jarohatlari yetkazgan. Jabrlanuvchi keyinchalik shifoxonada vafot etgan.
Voqea sodir boʻlganidan ikki kun oʻtib, 7-mart kuni fuqaro D.X.ga nisbatan ayb eʼlon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
IIBB matbuot kotibi yuqoridagi holat OAV va jamoatchilik tomonidan turli, haqqoniyligi tekshirilmagan talqinlarda yoritilayotganini aytib, bu kabi holatlar javobgarlikka sabab boʻlishini eslatdi.
«Oʻzbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi« Qonuniga koʻra, internet tarmogʻiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtirilguniga qadar uning toʻgʻriligini tekshirishi lozimligi, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida«gi Qonunida, jurnalist oʻzi tayyorlayotgan materiallarining toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi belgilab qoʻyilganligini eslatib oʻtamiz«, deb yozadi Bobur Toʻlaganov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring