Chiqindixona oʻrnida pavloniya bogʻi yaratiladi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Yangi Namangan tumanidagi bundan ikki yil avval yopilgan chiqindixona yashil maydonga aylanadi. Bu yerda tez oʻsadigan pavloniya daraxtlaridan iborat koʻrkam bogʻ barpo etishga qaror qilindi. Kuni kecha “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan hasharda 300 dan koʻproq kishi koʻchat oʻtqazishga keldi.
— “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasidagi sobiq chiqindi koʻmish poligonidagi ikki gektar boʻsh yer maydoniga oʻtqazilgan 1500 tupdan ortiq pavloniya koʻchatlari hademay hududga oʻziga xos sof ekologik muhit olib kiradi, — deydi tuman obodonlashtirish boʻlimi boshligʻi Abdulaziz Qozoqov. — Bu daraxt nafaqat chiroyli ochiladigan gullari, balki oʻzidan taratadigan asal ifori, inson salomatligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan biomoddalari bilan ham nafli. Boʻlajak bogʻ chetlariga 200 tup qrim qaragʻayi nihollarini ham oʻtqazdik.

Maʼlumot uchun, Yangi Namangan tumanida “Yashil makon”ning joriy yil bahorgi mavsumida 90 ming tup mevali va manzarali koʻchatlar ekish rejalashtirilgan boʻlib, hozirga qadar ularning 60 ming tupga yaqini sifatli tayyorlangan maydonlarga oʻtqazib boʻlindi. Koʻchatlardan har birining egasi aniq – ular maxsus elektron bazaga kiritilgan va parvarishi masʼul shaxslar qarovi ostida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring