Chimyonda qishki sport turlari boʻyicha ikkita festival boʻlib oʻtdi(Foto)

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Chimyon-EXO-2020” eko—sayyohlik sport festivali hamda “Chimyon ekstrim-2020” qishki ekstremal sport turlari boʻyicha festival oʻtkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari O.Qosimov ushbu sport festivallari yurtimizda sport rivoji bilan birgalikda qish shukuhi kezib yurgan manzillarga sayohatlarni ommalashtirishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Festival doirasida slalom, border—kross va ski—kross shakllarida changʻichilar va snoubordchilar oʻrtasida uyushtirilgan musobaqalar juda qiziqarli bahslarga boy boʻldi.

Unda turli yosh toifasida besh yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar bellashdi. Yakunda eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etgan sportchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, jurnalistlar oʻrtasida ham qor ustida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Ijodkorlar bahsi juda shiddatli kechdi. Yakunda “Matbuotchilar” jamoasi birinchi, MTRK va internet saytlaridan tuzilgan jamoa ikkinchi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.













Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring