Chilonzorda yiliga 15 ming aholini savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻqitadigan markaz ishga tushirildi
Oʻtgan toʻqqiz yilda poytaxtda xizmatlar hajmi yiliga 20 foizdan oʻsib, 30 milliard dollarga yaqinlashdi. Kelgusi yilda buni 38 milliard dollarga, 2027-yilda esa 45 milliard dollarga olib chiqish muhim ekani taʼkidlandi.
Joriy yilda shahardagi 26 ta koʻcha tunu kun ishlaydigan koʻchalarga aylantirildi. Bu koʻchalarda 1 ming 200 ta savdo-servis obyektini joylashtirish hisobiga 5 ming aholi daromadli boʻldi.
Kelgusi yilda yana 18 ta shunday koʻcha tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.
Banklarning 100 ta yangi yuqori qiymatli ijtimoiy, “yashil”, texnologik va turistik xizmatlarni jozibador shartlarda moliyalashtirish tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi.
Chilonzorda yiliga 15 ming aholini savdo va xizmat koʻrsatish sohasida oʻqitadigan markaz ishga tushirildi. Shunday markazlarni umumiy ovqatlanish va boshqa servis sohalarida yoʻlga qoʻyib, yiliga 5 ming aholini bepul oʻqitish, 100 ta mahallada kovorking markazi, dars xonasi va oʻquv kurslarini ochish hamda 10 ming nafar yoshlarni qamrab olish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring