Chilonzor tumaniga yangi hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

11:59 22 Avgust 2022 Jamiyat
929 0

Foto: Arxiv surat

Jamoliddin Hojimonov Chilonzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Jamoliddin Hojimonov shu kunga qadar Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov 8-avgust kuni oʻz lavozimidan chetlatilgan edi. Ishdan boʻshatilishiga sabab, Chilonzor koʻchasidagi 100 dan ortiq daraxtga zarar yetkazilgani bilan bogʻliq ish boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?