Chetdan olinayotgan davlat qarzi qaysi tarmoqlarga va qanchadan taqsimlanayotgani maʼlum qilindi
Foto: Illustrativ foto
Moliya vazirligi Davlat qarzini boshqarish departamenti direktori Jasur Qarshiboyevning maʼlum qilishicha, joriy yilda davlatning jami qarzi 26,3 milliard dollarni tashkil etadi. Shundan 2,7 milliard dollari ichki qarz, 23,6 milliard dollari tashqi qarz hisoblanadi.
Tashqi qarzning iqtisodiy tarmoqlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
— 5,9 milliard dollari davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlashga;
— 3,1 milliard dollari elektr-energiya tarmogʻiga;
— 2,9 milliard dollari energetika (neft-gaz);
— 2,6 milliard dollari transport va transport infratuzilmasiga;
— 2,4 milliard dollari qishloq va suv xoʻjaligiga;
— 2,1 milliard dollari uy-joy va kommunal sohaga;
— 1,2 milliard dollari tijorat banklariga;
— 1,2 milliard dollari kimyo sanoatiga;
— 0,7 milliard dollari taʼlim va sogʻliqni saqlash sohasiga;
— 0,2 milliard dollari telekommunikatsiya tarmogʻiga;
— 1,3 milliard dollari boshqa yoʻnalishlarga.
Taʼkidlash joizki, davlat qarzi xavfsizligini taʼminlash borasidagi islohotlar natijasida uning yildan-yilga kamayishiga erishilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring