Chet el fuqarolarini Oʻzbekistonga taklif qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Hukumat qarori (589-son, 06.11.2023-y.) bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekistonga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
Buning uchun ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, istalgan vakolatli organga oʻzi kelib yoki YAIDXP orqali murojaat etadi.
Soʻrovnoma toʻldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydi.
Soʻrovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng vakolatli organga 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.
Bunda undan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.
Maʼlumotlar tekshirilgach, soʻrovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.
Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikrini bildiradi.
Shunga koʻra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring