Chernogoriyada 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Jahon chempionati boshlandi

Chernogoriyaning Petrovas shahrida 20 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar oʻrtasida Jahon chempionati start oldi. Standart yoʻnalishda oʻtadigan musobaqa 11 turdan iborat boʻlib, ishtirokchilarga partiya davomida 90 daqiqa vaqt va har bir yurishdan soʻng 30 soniya qoʻshimcha vaqt beriladi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasidan 11 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi 1-turda grossmeyster Muhiddin Madaminov oq donalarda oʻynaganiga qaramay, reytingda oʻzidan pastda turuvchi hindistonlik Vedant Nagarkatt bilan durangga imzo chekdi. Muhammadzohid Suyarov esa qora donalarda ispaniyalik Roberto Florinni magʻlubiyatga uchratdi. Shuningdek, Asrorjon Omonov va Miraziz Matyoqubov ham musobaqani gʻalaba bilan boshlashdi.
Qizlar oʻrtasidagi bahslarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi muvaffaqiyatli start oldi. Yoshlar oʻrtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova qora donalarda serbiyalik Irina Vuyatovichni magʻlub etdi. Guldona Karimova chernogoriyalik Mateya Popovich ustidan gʻalabaga erishdi, Umida Omonova esa moldovalik Ana Petrisenkoni yengdi.
Maʼlumot uchun, ushbu jahon chempionati gʻoliblari grossmeyster unvonini qoʻlga kiritadi. Oʻzbekistonlik shaxmatchilarning musobaqadagi ishtiroklari mamlakatimizda shaxmat rivoji va yosh avlodning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring