Chekka tumanda yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari
Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Xovos tumani tibbiyot birlashmasida yangi laparoskopik uskuna ishga tushirildi. Natijada yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish imkoniyati paydo boʻldi. Ikki nafar shifokor laparoskopik uskuna vositasidagi amaliyotlarni bajarish boʻyicha maxsus qayta tayyorlov kurslarida oʻqidi hamda amaliy malakaga ega boʻldi.
— Yangi tibbiy uskuna tufayli bemorlarga katta qulaylik yaratildi, — deydi Xovos tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Maqsatulla Narzullayev. — Gap shundaki, avval bunday uskuna orqali qilinadigan amaliyotlar asosan viloyat markazida bajarilar edi. Uzoq yoʻl, ortiqcha xarajat, navbatda turish va boshqa ovoragarchiliklarga endi barham berildi. Јolaversa, bemorlar amaliyotdan keyingi tiklanish jarayonini ham tibbiyot birlashmamizning jarrohlik boʻlimida oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldi.
Eʼtiborlisi, laparoskopik uskuna muassasaning ichki mablagʻlari hisobidan sotib olindi. Hozirgacha uning yordamida 54 ta laparoskopik xoletsistektomiya, 1 ta diagnostik laparoskopiya hamda 2 ta oyoq amputatsiyasi kabi yuqori texnologiyali jarrohlik muolajasi bajarildi.
Maʼlum qilinishicha, Xovos tumanida endourologiya, angioxirurgiya va proktologiya yoʻnalishidagi yuqori tibbiy texnologiyali jarrohlik amaliyotlarni amalga oshirish ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring