Chekka hudud oilaviy poliklinikasidagi sharoitlar endi shaharnikidan qolishmaydi
Gap Qorakoʻl tumanidagi “Mallaishayx” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 53-sonli oilaviy poliklinika haqida bormoqda. Yaqin-yaqingacha Buxoro viloyatining chekka hududlaridan sanalgan mazkur manzilda yashovchilar ham, shifo maskanida ishlovchilar ham bu yerdagi noqulayliklardan xijolat chekishardi.
Bunga asos ham bor edi. Oilaviy poliklinika binosi eskirgandi. Tibbiy xizmat darajasi ham haminqadar edi. Inchunin, taʼmirtalab binoni koʻrgan shifotalab bemorning ahvolini tasavvur qilavering.
Bugun esa mahallaga kelgan kishining bahri dili ochiladi. Negaki, oilaviy poliklinika binosi taʼmirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirildi. Zarur tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi. Bu yumushlar uchun 1 milliard 500 million soʻmdan ziyod mablagʻ sarflandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida bajarilgan bunyodkorlik yumushlaridan soʻng bu yerda faoliyat yurituvchi shifokorlar zimmasidagi masʼuliyat ham oshdi, albatta. Axir, oilaviy poliklinika oz emas, koʻp emas 4400 nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishi kerak.
Tumanda aholi salomatligi muhofazasi boʻyicha olib borilayotgan bu kabi ishlar davom etmoqda. Jumladan, 3 ta tibbiyot muassasasini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash uchun davlatimiz tomonidan 7 milliard 800 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring