Chegarachilarga munosib tuhfa
Soʻx tumanida joylashgan chegara qoʻriqlash vzvodining ikki qavatli yangi maʼmuriy binosi hamda 28 xonadondan iborat 4 qavatli xizmat uyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Fargʻona viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov ishtirok etib, yigʻilganlarni ushbu qoʻshaloq xursandchilik bilan samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizda keyingi yillarda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun yaratib berilayotgan qulay sharoitlar alohida taʼkidlandi.

— Darhaqiqat, bugungi kunda harbiy xizmatchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar muhayyo etilmoqda, — deydi yangi uyga koʻchib oʻtgan Azamat Davronov va uning turmush oʻrtogʻi Sevara Egamberdiyeva. — Bunday eʼtibor va ragʻbat yurt tinchligi yoʻlida yanada gʻayrat-shijoat bilan ishlash, farzandlar kamolidan xotirjam boʻlishda muhim ahamiyatga ega.
Tadbir davomida oila sohiblariga yangi uylar kaliti topshirilib, xonadonda yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi. Fayzli dasturxon atrofida elu yurt tinchligi uchun duoga qoʻl ochildi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring