“Charmsanoat” uyushmasi faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

12:06 10 May 2024 Siyosat
423 0

Prezident raisligida mahalliy sanoat tarmogʻidagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Davlatimiz rahbari ikki yil oldin 155 gektar joy ajratilib, charmga ixtisoslashgan 16 ta kichik sanoat zonasi qilinganini qayd etdi.

Ohangaron va Urgut tumanlarida loyihalar boshlangan boʻlsada, Nurafshon shahrida, Uychi, Angor, Qoʻqon, Qoʻshtepa, Oltinkoʻl, Sharof Rashidov tumanlari, Namangan shahri, Shahrixon, Samarqand, Hazorasp, Buxoro, Nukus tumanlari, Qarshi shahrida bu ishlar lozim darajada tashkil etilmagani tanqid qilindi.

Sohada yangi loyihalar uchun 40 million dollar arzon resurs ajratilgani, xalqaro kredit liniyalaridan 100 million dollar jalb etilganiga qaramay, mutasaddilar bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Sohada eng asosiy masalalardan biri, bu – xomashyo.

Klasterlarda qoramolni koʻpaytirish bilan birga, aholi xonadonlari va terini qayta ishlash korxonalari bilan kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish 25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil qilingan.

Lekin, yer ajratish va kredit masalasi toʻliq hal qilinmagani uchun barcha klasterlarning ham faoliyati hali yurib ketgani yoʻq. Masalan, 19 ta klasterga yetarli yer maydonlari ajratilmagan.

Aytilgan muammoli masalalardan kelib chiqib “Charmsanoat” uyushmasi faoliyatini tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?